O‘zbekistonda AI-92 benzin narxi sezilarli darajada oshdi
Jamiyat
−
15:10 6024 1 daqiqa
O‘zbekiston xomashyo bozorida AI-92 benzinining narxi bir kunda sezilarli darajada oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) so‘nggi ma’lumotlarida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, AI-92 benzinining narxi bir kun ichida 7,4 foizga oshib, bir tonna uchun 12,72 mln so‘mdan ko‘tarilgan.
Narxlarning bu o‘sishi savdo hajmining keskin pasayishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Bozor tanqisligi va narx dinamikasi, birjada sotilgan va ro‘yxatga olingan benzin hajmi ikki baravardan ko‘proqqa kamaygan.
O‘tgan kecha, 13 mart kuni bozorda 3784 tonna benzin sotilgan bo‘lsa, 10 mart kuni bu ko‘rsatkich atigi 1835 tonnani tashkil etgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirov o‘z Telegram-kanalida yoqilg‘i bozoridagi hozirgi vaziyatni tanqid qilib, quyidagi fikrlarni bildirgan.
“Biz kutgandik, biz bilgandik: Benzin narxi keskin qimmatlagan. Bayramdan keyingi ilk birja savdolarida 92 toifadagi benzinning tonnasi 878,9 ming so‘mga yoki 7,4%ga qimmatlab, 12,7 mln.so‘mdan oshgan.
Ko‘p marta takrorlanganidek va kutganimizdek, neft narxining oshishi oligarxiya va monopolistlarga zo‘r bahona bo‘ldi. Buning ustiga metan zapravkalar qachon ochilishi aytilmay yopilgan” deb yozib qoldirgan.
Live
Barchasi