O‘zbekistonda ayollar va yoshlar orasida narkojinoyatlar ko‘paydi

3-sahifa

image

2020 yildan 2024 yilgacha narkojinoyatlar sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar soni ikki barobardan ko‘proq oshdi. Statistikada ayollar va yoshlar tobora ko‘proq uchramoqda.  Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi katta inspektori Sarvar O‘rmonov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, besh yil avval ayollar ko‘rsatkichi atigi bir necha foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugun ularning soni uch barobarga ko‘paygan. Yoshlar orasidagi vaziyat esa yanada jiddiyroq bo‘lib, har uchinchi narkojinoyatchi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanadi.

Sarvar O‘rmonovning so‘zlariga ko‘ra, bunday keskin vaziyatni narkotik moddalarning ijtimoiy tarmoqlar orqali faol tarqatilishi bilan bog‘lasa bo‘ladi. Chunki jinoiy guruhlar yoshlarni jadal ravishda o‘ziga jalb qilmoqda – oson pul topishni va’da qiladi, ammo ularni xavf va halokatga tortadi.

2020-2024 yilлар давомида yoshlar томонидан sodir этилgaн narkojinoyatlar soni

“Huquq-tartibot organlari narkotik moddalarning katta partiyalarini musodara qilish va chegaralardagi nazoratni kuchaytirish bo‘yicha yutuqlarga erishmoqda, biroq, jinoiy sxemalarning o‘zi tobora murakkablashib bormoqda. Narkotrafik haqiqiy dunyodan raqamli dunyoga o‘tdi. Shuning uchun unga qarshi kurash yangi yondashuvlarni talab qilmoqda – kibernazorat va tahlilni rivojlantirishdan tortib maktablar va oliy o‘quv yurtlarida profilaktika ishlarigacha”, deydi mutaxassis.

Qayd etilishicha, davlat nazoratni kuchaytirgani, xalqaro hamkorlikni rivojlantirgani va profilaktika choralarini ko‘paytirganiga qaramay, dinamika shuni ko‘rsatmoqdaki, narkotik moddalar bozori yangi sharoitlarga tezda moslashmoqda. 

“Vaziyatni nazorat ostida saqlab qolish uchun internetda, maktablarda, oilalarda oldindan harakat qilish zarur. Bugungi kunda giyohvandlikka qarshi kurashish faqatgina huquq-tartibot idoralari xodimlarining vazifasi emas, balki, har birimizning zimmamizdagi mas’uliyatdir”, deydi O‘rmonov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida internet tarmog‘i orqali sintetik narkotiklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhning faol a’zosi – Toshkent shahridagi xususiy oliy ta’lim muassasasining 3-kurs talabasi qo‘lga olingandi. O‘zbekistonda 2025 yilning 6 oyi ichida oliy o‘quv yurtlarining 46 nafar talabasi narkojinoyatlar bilan shug‘ullangan


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ayollar narkojinoyatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing