O‘zbekistonda ishsizlik darajasi pasaydi – Bandlik vazirligi

Jamiyat

image

2025 yilning III choragiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,9 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 0,8 punktga kamaygan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi. 

Vazirlikka ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni 37,8 mln kishini tashkil qilgan bo‘lsa, shundan:

  • Mehnat resurslari: 20,35 mln (1,9 foiz o‘sgan yoki 387,3 mingga ko‘paygan);
  • Iqtisodiy faol aholi 15,57 mln kishini;
  • Band aholi esa 14,81 mln kishini (4,1 foiz o‘sgan yoki 579,6 mingga ko‘paygan) tashkil qilgan.

Shu bilan birga, rasmiy sektorda ishlayotganlar 8,58 mln kishini (17 foiz o‘sgan yoki 1 243,7 mingga ko‘paygan), norasmiy sektorda mehnat qilayotganlar 4,38 mln kishini (26,9 tushgan yoki 1 176,0 mingga kamaygan) tashkil qilgan. 

Chetga ishlashga ketganlar soni 1,86 mln kishiga (512 mingga ko‘paygan) yetgan. Ayni damda mamlakatda ishga joylashtirishga talabgorlar 760 ming odamni tashkil qilmoqda. 

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yilda 4,45 mln aholi daromadli mehnat bilan ta’minlangan:

  • Qishloq xo‘jaligi: 1,29 mln;
  • Xizmat ko‘rsatish: 2,74 mln;
  • Qurilish: 172,3 ming;
  • Investitsiya loyihalari orqali: 256,2 ming. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2025 yilning II choragida ishsizlik darajasi 5,1 foizni tashkil etgandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yil 1 noyabrdan ishsizlik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgargani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ishsizlik Bandlik vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing