O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlari ishlab chiqarilishi mumkin
Jamiyat
−
11:56 3322 1 daqiqa
O‘zbekiston Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Vengriyaning Magnus Aircraft Zrt. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Laszlo Boros bilan uchrashib, mamlakatda Magnus Fusion 212 samolyotlarini mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Magnus Aircraft Zrt Vengriyada joylashgan xalqaro kompaniya bo‘lib, u kompozit materiallardan innovatsion samolyotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi.
Kompaniyaning asosiy qarorgohi Pogani shahrida, Pech–Pogani xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan va qariyb 8000 kvadrat metr maydonni egallaydi.
Kompaniya vakillari shuningdek, AQSH, Xitoy, Keniya, Nigeriya, Serbiya va Yaqin Sharq mamlakatlarida ham faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvlroq O‘zbekiston Braziliyaning Embraer kompaniyasidan C-390 Millennium harbiy-transport samolyotlarini sotib olishi xabar qilingan edi.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi