O‘zbekistonda notarial xizmatlar videokonferensaloqa orqali amalga oshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda joriy yilning 5 nvar kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda so‘z boradi. 

Nizom notariuslar tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsning vakili notarial idoraga kelmaganda masofadan videokonferensaloqa rejimi orqali notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, notarial harakatlar videokonferensaloqa rejimida “E-notarius.uz” axborot portali hamda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.

Murojaat qiluvchi notarial harakatni videokonferensaloqa rejimida amalga oshirish uchun elektron tarmoqdan foydalanish shartlari bilan tanishadi va roziligini tasdiqlaydi.

Murojjat qiluvchi elektron tarmoqda tasdiqlashni so‘rayotgan notarial harakatning nomini aniq ko‘rsatadi va zarur ma’lumotlarni to‘ldiradi.

Notarius murojaat kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 ish kunida uni o‘rganib chiqadi hamda unda kamchiliklar mavjud yoki yo‘qligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.

Notarius bilan shaxsiy muloqot davomida notarial harakat taraflari joylashgan joyda ulardan boshqa shaxslarning bo‘lmasligi, ular joylashgan joy shovqindan xoli, yorug‘ bo‘lishi va videotasvir tiniq ko‘rinishi shart.

Notarial harakat loyihasi imzolash uchun tayyor bo‘lgandan so‘ng notarius tomonidan taraflarga ularning huquq va majburiyatldari, amalga oshirilayotgan notarial harakatning mazmuni va oqibatlari tushuntiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda notarius bo‘lib ishlashning eng yuqori yoshi 65 yoshdan 70 yoshga oshirilgani haqida xabar berilag edi.


Maqola muallifi

Teglar

notarius videokonferentsaloqa notarial xizmatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing