O‘zbekistonda oilaviy nizolar soni ortib bormoqda (video)

3-sahifa

image

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda oilaviy nizolar yildan yilga ko‘payib boryapti. Bu haqda kecha, 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Alisher Usmonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yilda 119 ming, 2025 yilda 134 mingdan ortiq oilaviy nizolar ko‘rilgan. Hisobot davrida ko‘rilgan ishlar o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 12 foizga ko‘paygan.

O‘tgan yil davomida ajrashish yoqasiga kelib qolgan 5 235 ta oilalar yarashtirilgan.

Shuningdek, mehnat nizolariga oid 2025 yilda 14 mingdan ortiq da’vo arizalari ko‘rilib, ularning 59 foizi qanoatlantirilgan. Bu toifadagi ishlar soni o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 8,5 foizga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, 2023-2025 yillar davomida ishga tiklashga oid 3 119 ta da’vo arizalaridan 43,5 foizi qanoatlantirilgan.

2025 yil mobaynida qanoatlantirilgan da’volar bo‘yicha ishga tiklangan shaxslar foydasiga 155 mlrd so‘m majburiy progul vaqti, to‘lanmagan ish haqi va zararlar undirilishiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda sudlar tomonidan jami 4 milliondan ortiq ishlar ko‘rilgani, qariyb 422 nafar shaxs oqlangani va yoshlar asosan qayerlarda va qanday jinoyat sodir etayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Fuqarolik oilaviy nizolar sudlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing