O‘zbekistonda soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2026 yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soliq organlari tomonidan birinchi chorakda respublika bo‘yicha budjetga 63,6 trln so‘m tushumlar ta’minlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p.

Tushumlarning asosiy qismini foyda solig‘i tashkil etib, ushbu yo‘nalishda 20,4 trillion so‘m yig‘ildi va o‘sish 43 foizni tashkil etdi. QQS tushumlari 12,5 trillion so‘mga yetib, 27 foizga oshdi. Jismoniy shaxslar daromad solig‘idan 10,7 trillion so‘m tushib, o‘sish 15 foiz bo‘ldi.

Shuningdek, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trillion so‘mni (+17%), aksiz solig‘i 4,6 trillion so‘mni (+1%), soliqsiz tushumlar esa 3,3 trillion so‘mni (+1%) tashkil etdi. Yer solig‘i 2,8 trillion so‘mga yetib, 34 foizga oshgan bo‘lsa, mol-mulk solig‘i 2,3 trillion so‘mni (+11%) tashkil etdi.

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) tushumlari 0,6 trillion so‘mga yetib, 12 foizga oshdi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari esa 82 foizlik o‘sish bilan 0,4 trillion so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda soliq to‘lashdan qochganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

QQS soliq tushumlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing