Zargar tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda zargarlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi. Bu haqda hukumatning 2024 yil 7 noyabrdagi 745-son qaroriga kiritilgan qo‘shimchalar bilan “Zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga byudjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga 2026 yil 1 yanvardan soliqning 80 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.

Tadbirkor soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan to‘langan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli. To‘langan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali ko‘rib chiqiladi.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi: 

  • hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar byudjetga to‘liq to‘langanda; 
  • hisobot davrida soliq davrida zargarlik buyumlarini o‘zida ishlab chiqarilgan va (yoki) sotishdan (realizatsiya) qilishdan umumiy tushum tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadning kamida 80 foizini tashkil qilganda; 
  • hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar soliq bazasini zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ular tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlaydi.
 


Maqola muallifi

Teglar

QQS zargarlik Zargar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing