O‘zbekistonda “texpasport”ni har 5 yilda yangilash talabi kiritildi (video)

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda avtomobilga “texpasport” har 5 yilda almashtiriladi. Bu haqda hukumatning joriy yilning 30 mart kuni qabul qilingan qarori bilan Transport vositalarini boshqarish huquqini olgan shaxslarga yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik o‘tkazilgani haqida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish tartibi belgilandi.

Mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma 5 yil muddatga rasmiylashtirilishi belgilandi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, qaror transport vositasining kuzov, dvigatel singari asosiy agregatlarining mavjudligini inventarizatsiyadan o‘tkazish maqsadida qabul qilingan. Bu tartib 2026 yil 1 apreldan keyin olinadigan guvohnomalar uchun tatbiq etiladi. 

Ma’lumot uchun, amaldagi “texpasport”larda berilgan sanasi ko‘rsatilgan, lekin amal qilish muddati ko‘rsatilmagan. Avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda BHMning 10 foizi (hozirda 41 200 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 1 noyabridan boshlab avtomobilga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng “texpasport”ni almashtirish talabi bekor qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

texpasport Transport vositalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing