O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqdami yoki qizlar?
Bu qiziq
−
20 may 10727 1 daqiqa
O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar-mart oylarida 191 mingdan ortiq tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida jami 191 086 ta tirik tug‘ilish ro‘yxatga olingan.
Shundan:
- o‘g‘il bolalar – 98,5 ming nafarni (51,5 foiz);
- qiz bolalar – 92,6 ming nafarni (48,5 foiz) tashkil etgan.
Tug‘ilishlarning hududlar kesimidagi taqsimotiga ko‘ra, shahar joylarda 93,7 ming nafar (49,1 foiz), qishloq joylarda esa 97,4 ming nafar (50,9 foiz) chaqaloq tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etilgandi. O‘shanda ham o‘g‘il bolalar ulushi yuqori bo‘lib, ular jami tug‘ilgan chaqaloqlarning 51,7 foizini tashkil etgan.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may