O‘zbekistonda yosh oilalarga uy-joy olishda ipoteka imtiyozi beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi byudjetdan qoplab beriladi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, har yili O‘zbekistonda 270 mingga yaqin yangi oila paydo bo‘lmoqda.

“Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi byudjetdan qoplab beriladi”, deydi Prezident.

Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etilgan.

Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.

Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.

Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirilgan. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.

Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur yig‘ilishda endi olis hududlardagi o‘quv markazlari o‘qituvchilari uchun daromad solig‘i 7,5 foiz bo‘lishi haqida ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

uy-joy yosh oila ipoteka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing