O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
06 dekabr 6286 1 daqiqa
Bugun, 6 dekabr kuni O‘zbekistonning bir qancha hududlarida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila soat 02:14 da sodir bo‘lgan. Epimarkazda sezilish kuchi 5 ball, magnituda 4,5, chuqurlik 17 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi: Namangan viloyati Pop tumani. Epimarkaz Toshkentdan 135 km janubiy-sharqda. Koordinatalari 40,89 daraja shimoliy kenglik, 70,75 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Namangan viloyatida 3 ball, 77 km.
Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 104 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 129 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 135 km.
Sirdaryo viloyatida 2 ball, 173 km.
Eslatib ўтамиз, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr