O‘zbekistonga Xitoydan dronlar olib kelinadi
Jamiyat
−
10 dekabr 2346 1 daqiqa
Keyingi yil O‘zbekistonga Xitoydan 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Bu haqda bugun, 10 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot chog‘ida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligida dron xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida markaz ishga tushirilgani bu sohada mutaxassis tayyorlash va dronlarga servis xizmatini ko‘rsatish imkonini bergan. Shu yilning o‘zida 100 dan ortiq dron yordamida yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilg‘or agrotexnik tadbirlar amalga oshirilgan.
Bildirilishicha, keyingi yil Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi orqali agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Agrar sohada dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.
“O‘z faoliyatiga raqamli texnologiya va sun’iy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham ko‘payib borayotgani meni xursand qiladi”, dedi davlat rahbari.
Live
Barchasi