AQSH Xitoy va Rossiya ishtirokida “yadroviy beshlik” tuzishi mumkin – OAV

Olam

image

AQSH eng yirik yadroviy davlatlar – Rossiya, Xitoy, Hindiston va Yaponiyani o‘z ichiga olgan “yadroviy beshlik” tuzishi mumkin. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, shu hafta Vashingtonda ilgari mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydigan bir g‘oya – Xitoy va Rossiya kiradigan “Kalit beshlik” davlatlar guruhi tuzish masalasi muhokama qilingan. “Politico” suhbatdoshlarining fikricha, bunday qaror an’anaviy raqiblarni yaqinlashtiradi va hozirgi G7 (“Katta yettilik”) bilan keskin kontrast hosil qiladi.

“Avvallari bu g‘oya real bo‘lib ko‘rinmasdi, biroq ayrim kuzatuvchilar buning Trampga xos jihatlari borligini aytishmoqda. Birinchidan, Prezident Donald Tramp raqib davlatlar bilan ham bitimlar tuzishga intilgan, masalan Pekinga Nvidia H200 sun’iy intellekt chiplarini sotishga rozilik bergan, shuningdek, o‘z elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bevosita muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga yuborgan”, deyiladi xabarda.

Trampning birinchi prezidentlik muddati paytida Oq uyda ishlagan va ismi oshkor qilinmasligini so‘ragan shaxsning aytishicha, C5 (AQSH, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va Rossiya) g‘oyasi mutlaqo kutilmagan emas.

“C5 yoki C7 tuzish borasida hech qanday rasmiy muhokama bo‘lmagan, biroq G7 tizimi yoki BMT Xavfsizlik Kengashi kabi mavjud tuzilmalar zamonaviy talablar bilan mos kelmayotgani, yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi fonida qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi haqida, albatta, suhbatlar bo‘lgan”, deydi manba.

Qayd etilishicha, G7 ga muqobil bo‘ladigan ushbu “beshlik”ning asosiy vazifasi xalqaro muammolarni hal qilish bo‘ladi va birinchi masala sifatida Yaqin Sharqdagi vaziyat ko‘rib chiqilishi mumkin. Ayni paytda Oq uy nashrning so‘roviga haliyam javob bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy yadroviy beshlik Kalit beshlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing