O‘zbekistonlik hakamlar Elit OCHL finalini boshqaradi

Sport

image

O‘zbekistonlik hakamlar Yaponiyaning “Machida” klubi va amaldagi chempion “Al-Ahli” jamoasi o‘rtasidagi Elit Chempionlar Ligasi finalini boshqaradi. Bu haqida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.

Joriy yilning 25 aprel kuni Elit Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi chempion – Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi hamda Yaponiyaning “Machida” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. 

Mazkur bellashuvni o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Xususan, uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko yordamchi hakam sifatida ishlaydi. Shuningdek, Firdavs Norsafarov AVAR hakami sifatida faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Ahli” klubi Osiyo Elit Chempionlar ligasining birinchi turida Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan o‘z maydonida to‘qnash kelib, 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekistonlik hakamlar Elit OChL finali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar