O‘zbekistonlik erkak vahshiy qotillik uchun Turkiyada umrbodga qamaldi

3-sahifa

image
Turkiya aeroportida o‘zbekistonliklar 61 kg oltin bilan qo‘lga tushdi north_east

Turkiya aeroportida o‘zbekistonliklar 61 kg oltin bilan qo‘lga tushdi

Joriy yilning 18 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahri Pendik tumanida o‘zbekistonlik sevgilisi Vasilaxon Usmonovani pichoqlab o‘ldirgan Rustam Otamirzayev qasddan odam o‘ldirish ayblovi bilan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Hodisa Otamirzayev va Usmonova o‘rtasida kelib chiqqan janjal ortidan sodir bo‘lgan. Erkak ayolni uyning yerto‘la qismiga olib tushgan va do‘pposlagan, so‘ng unga bir necha bor pichoq sanchib, voqea joyidan qochib ketgan. 

Onadolu bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasida qasddan odam o‘ldirish uchun og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi va qurol bilan og‘irlashtirilgan talonchilik uchun 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi so‘ralgan. Sudlanuvchi Rustam Otamirzayev 17-Og‘ir jinoyat ishlari bo‘yicha sudda bo‘lib o‘tgan sud majlisiga olib kelindi. Sud zalida tomonlarning advokatlari va tarjimon ishtirok etdi.

“Men Rossiyada hech kimni o‘ldirmaganman yoki jarohatlamaganman. Men O‘zbekistonda janjal ortidan sudlanganman va qamoqda o‘tirganman. Men aybimga iqrorman va afsusdaman. Mening O‘zbekistonda 80 yoshli onam bor va men unga g‘amxo‘rlik qilishim kerak. Agar yengilroq jazo muddati tayinlab, yordam berishingizni, meni ozod qilishingizni so‘rayman”, degan sudlanuvchi Rustam Otamirzayev.

Hodisaga bevosita voqif bo‘lgan va sudda ko‘rsatma bergan guvoh dahshatli lahzalarni quyidagicha tasvirlab bergan: 

“Men soat 8:30 atrofida qichqiriq ovozidan uyg‘onib ketdim. Eshikka bordim, u yerda sudlanuvchi va ayolni ko‘rdim. Bu voqea mening eshigim oldida sodir bo‘ldi. Sudlanuvchi ayolning bo‘yniga pichoq sanchgan va uni yerto‘laga sudrab tushirishga urinayotgan edi. Biz baqirib yubordik. Unday qilma, deb yolvordik. Politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgunimizcha, sudlanuvchi uni yerto‘laga sudrab tushirdi. Ayol o‘zini qutqarishga harakat qilardi. U ayolni yerto‘laga olib tushganda, uning orqasiga uch-to‘rt marta urdi. Sudlanuvchi voqea joyidan ketganida butunlay sog‘lom edi”. 

Davlat ayblovchisi ishning mohiyati bo‘yicha o‘z fikrida sudlanuvchiga qasddan odam o‘ldirish aybi bilan jazo tayinlashni so‘radi. 

Sud hay’ati hukmni e’lon qilib, sudlanuvchi Otamirzayevga qasddan odam o‘ldirish aybi bilan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosini tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing