O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
Sport
−
27 Oktabr 2449 1 daqiqa
Xitoyning Usi shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jahongir Xudoyberdiyev va Svetlana Osipova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Musobaqaning kecha, 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahslarida -54 kg vazn toifasidagi bahslarda qatnashgan Jahongir Xudoyberdiyev turnir yarim finaliga yetib borgan. Final yo‘lida Koreya Respublikasi vakili Syo Yonsu bilan bahsda imkoniyatni boy berib, Jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlangan.
%20copy(21).jpg)
Bugungi, 27 oktyabr kungi bahslarda ishtirok etgan Svetlana Osipova +73 kg vazn toifasi finaliga qadar yetib borgan va finalda turkiyalik Nafiya Kusga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritgan. Bu Osipovaning Jahon chempionatlaridagi uchinchi medali hisoblanadi. Bungacha uning hisobida dunyo birinchiliklarining 1 tadan oltin va kumush medallari bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Svetlana Osipova Parij yozgi Olimpiada o‘yinlarida +67 kg vazn toifasidagi final bellashuvida fransiyalik Alteya Lorenga qarshi imkoniyatni boy berib, Olimpiadaning kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi