O‘zbekistonliklarning necha foizi internetdan foydalanadi?
Jamiyat
−
30 Sentabr 5481 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 94,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi aholi ulushi yillar kesimida quyidagicha:
- 2021 yil – 76,6 foiz
- 2022 yil – 83,9 foiz
- 2023 yil – 89 foiz
- 2024 yil – 93,3 foiz
- 2025 yil (yanvar-avgust) – 94,2 foiz
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 103 mamlakatdan 70-o‘rinni egallagandi.
Live
Barchasi