O‘zbekistonning Eronga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi 2-tur doirasida Eronga qarshi maydonga tushadi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoaning ushbu uchrashuv uchun asosiy tarkibi e’lon qilindi. 

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronga qarshi quyidagi tarkib bilan uchrashuvni boshlaydi:

O‘yin “Prins Feysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Mazkur yosh toifasida jamoalar so‘nggi bor 2023 yili Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida o‘zaro to‘qnash kelgan. Toshkentda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etib, ularni 2024 yilgi Osiyo kubogiga yo‘llanmasiz qoldirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni mezbonligidagi musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-turda Livanga qarshi uchrashuvda Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullayev va Sardor Bahromovning gollari evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron asosiy tarkib

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing