O‘zbekistonning FIFA Series’dagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
23 fevral 13378 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning mart oyidagi xalqaro tanaffus paytida FIFA Series doirasida Gabon va Venesuela terma jamoalariga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston mezbonlik qiladigan turnirda Fabio Kannavaro shogirdlari joriy yilning 27 mart kuni Gabon va 30 mart kuni Venesuela terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi. Har ikkala uchrashuv ham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Qolgan ikki bahs yesa “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
2026 yilgi FIFA Series musobaqasi dunyoning bir nechta mintaqalarini qamrab olgan. Bu turnirga mezbon sifatida O‘zbekistondan tashqari Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog‘iston, Mavrikiy, Puerto-Riko va Ruanda davlatlari ham tanlab olingan.
FIFA 2026 seriyasi xalqaro musobaqalarda yangi format bo‘lib, turli konfederatsiyalardan bo‘lgan milliy jamoalarga rasmiy saralash va qit’a turnirlaridan tashqari bir-biriga qarshi o‘ynash imkonini beradi.
Jamoalar dunyoning turli mintaqalarini ifodalovchi to‘rt jamoadan iborat guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhdagi har bir jamoa ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Live
Barchasi