O‘zgidromet qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

1-8 may kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli O‘zbekistondagi ayrim tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qor ko‘chish xavfi Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarining (Chotqol tizmasi tog‘lari) tog‘li  hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda e’lon qilindi.

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 23-30 aprel kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari va Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

qor ko'chish xavfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made