O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
05 dekabr 33430 1 daqiqa
Joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 8-9 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 8-10 dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
9-10 dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
10 dekabrga borib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin, kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.
Live
Barchasi