O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10-12 dekabr kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi bor.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.


Maqola muallifi

Teglar

qor ko'chkisi O'zgidromet Chotqol tizmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing