O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
28 fevral 7459 1 daqiqa
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 2-6 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, shu jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shaxrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Live
BarchasiEron Kiprga ham zarba berdi
01 mart