Qurbaqani bossangiz ham vaq etadi. Biz o‘zimizni aybdor his qilmayapmiz – Nodir Ibodov
Intervyu
−
12 dekabr 11194 2 daqiqa
Joriy yilning 12 noyabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “Ibatov’s clinic” xususiy klinikasiga burun operatsiyasi uchun borgan 31 yoshli erkak vafot etdi. Hodisa ortidan tarmoqlarda muhokamalar ko‘paydi, turli versiyalar tarqaldi.
Holatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ klinika rahbari va asoschisi Nodir Ibodov bilan suhbatlashdi va tafsilotlarni o‘rgandi.
Ma’lum qilinishicha, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaga “chap tomonlama burun kistoz gaymariti, o‘ng tomonlama o‘rta burun chig‘anog‘i ko‘ndxo bullyozi vazamator rinit” tashxisi bilan murojaat qilgan. Ushbu klinika shifokorlari tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tash jarayonida soat 12:20 larda puls ko‘rsatkichlari yo‘qolib, yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab qolishi oqibatida biologik o‘lim holati yuz bergan.
Ibatovdan 12 noyabr kungi voqea tafsilotlari haqida so‘ralganda, shu kun klinikada bo‘lmagani, holatni eshitgach, tezda shifoxonaga yetib kelgani va bemorning yaqinlariga o‘lim to‘g‘risida xabar berilganini ma’lum qildi.
“Men shu kuni klinikada emas edim, sodir bo‘lgan voqea haqida menga qo‘ng‘iroq qilib aytishdi. Bemorning yaqinlariga chin ko‘ngildan ta’ziya bildiraman”, dedi Ibodov.
QALAMPIR.UZ studiyasida mehmon bo‘lgan shifokor Nodir Ibodov voqeani batafsil aytib berdi. Intervyuda quyidagi savollarga javob olasiz:
- Voqea qanday sodir bo‘lgan?
- Operatsiyadan oldin bemor to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tganmi?
- O‘lim holatiga kimlar yoki nima sabab bo‘lgan?
- Klinikadagi anesteziolog shifokorning malakasi qanday?
- 2023 yilda operatsiya bo‘lgan 22 yoshli qiz nogiron bo‘lib qolishiga kim sababchi?
- Qizning yaqinlariga qancha moddiy yordam ajratilgan?
- Klinika qanday yo‘nalishlarda litsenziyaga ega?
- Nima sababdan “Ibatov’s clinic” yopildi?
Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi