O‘zini ayol deb tanishtirib tovlamachilik qilgan o‘smirlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘zlarini ayol sifatida tanishtirib, turli yoshdagi erkaklardan pul talab qilgan guruh aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2008, 2007, 2005 va 2006 yillarda tug‘ilgan besh nafar fuqaro ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram orqali o‘zlarini ayol sifatida tanishtirib, turli yoshdagi erkaklarga tovlamachilik qilgan. Ular jabrlanuvchilarni uchrashuv bahonasida yashash xonadoniga chaqirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, guruh tashkilotchisi muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasi (besoqolbozlik) bilan sudlangan bo‘lib, u sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni o‘z atrofiga to‘plagan.

Mijoz xonadonga kirgandan so‘ng qo‘shtirnoq ostidagi sportchi guruh a’zolari unga ikki nafar voyaga yetmagan bola bilan jinsiy aloqa qilishga kelgansan, deb turli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shuningdek, ular “mijoz”ni urib do‘pposlagan va tahdid qilib, uning behayo holatini video tasvirga olib, 10 million so‘m pul talab qilgan. Pulni bermagan taqdirda videoyozuvlarni internet tarmog‘i orqali tarqatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar jabrlanuvchidan 5 million so‘m olayotgan paytda qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qism “v” bandi bilan tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida sir tutilishi kerak bo‘lgan rasm va videolarini tarqatish bilan “shantaj” qilgan 25 yoshli yigit ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor tovlamachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing