Uzoq Sharqdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining Kamchatka o‘lkasida zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur hodisa ortidan O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi bosh konsuli Yusuf Qobiljonov Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlikka chaqirdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 19 sentyabr kuni Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlariga yaqin joyda joylashgan Tinch okeanida 7,2 magnitudali kuchli zilzila qayd etilgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinskda 7 ballgacha zilzila sezilgan. Sunami haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot yo‘q. Favqulodda xizmatlar yuqori shay holatga keltirilgan. 

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi mamlakatning Favqulodda vaziyatlar vazirligi, hudud hukumati va boshqa tegishli idoralar bilan doimiy aloqada. Fuqarolar favqulodda vaziyatlar xizmati ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga va xotirjamlikni saqlashga chaqiriladi.

Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlar orqali murojaat etish mumkin:

  • +7(423) 260-48-00;
  • +7(902) 078-70-07. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kamchatkada 1952 yildan buyon kuzatilgan eng kuchli zilzila sodir bo‘lgandi. Geofiziklarning baholashicha, bu zilzila an’anaviy subduksion turiga kiradi. Olimlar uning magnitudasini 8,7 deb baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tsunami zilzila Kamchatka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing