Vazir spirtli ichimliklar savdosini cheklashni taklif qildi. Qozog‘istonda

Olam

image

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda spirtli ichimliklar savdosiga bir qator cheklovlar joriy etishni taklif qildi. Bu haqda vazir Yerjan Sadenov parlament quyi palatasi majlisidagi hukumat soati chog‘ida ma’lum qildi.

Mulozimga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi spirtli ichimliklarni faqat spirtli ichimliklar do‘konlarida sotishni taklif qilgan. Bundan tashqari, vazirlik spirtli ichimliklarni onlayn sotishni butunlay taqiqlashni, litsenziyalash qoidalarini qat’iylashtirishni va ularning sonini cheklashni xohlaydi. Ichki ishlar vazirligi rahbari ko‘ngilochar maskanlarga qo‘yilgan cheklovlarni ham aytib o‘tdi:

“Ko‘ngilochar maskanlarda spirtli ichimliklar sotiladigan soatlarni cheklash zarurati bor. Bu joylarda 1400 dan ortiq jinoyat, jumladan, uchta qotillik mast holatda sodir etilgan”, dedi u.

Biroq Sadenovga ko‘ra, hozirda ayrim davlat idoralari bu yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlamaydi.

“Bu yerda, birinchi navbatda, fuqarolarimiz hayoti va salomatligini asrash manfaatlarini hisobga olishimiz kerak, deb hisoblayman”, ta’kidlaydi vazir.

Sadenovning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda sog‘lomlashtirish markazlari yetishmaydi – hozirda 699 o‘rinli 38 ta shunday muassasa mavjud. 32 ta qo‘shimcha markaz ochish rejalashtirilgan edi, biroq oltita hududda bu ish yakunlanmagan. Bundan tashqari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, giyohvandlar uchun maxsus davolash muassasalari yetishmaydi. Mamlakatda atigi 20 ta klinika ochiq, yana 14 ta klinikaga ehtiyoj bor.

Qozog‘iston bir necha bosqichda alkogolli mahsulotlarni sotish qoidalarini kuchaytirdi. 2014 yilda mamlakatda spirtli ichimliklarni sotish soatlari cheklandi. Do‘konlarda kuchli spirtli ichimliklarni soat 21:00 dan 12:00 gacha, past alkogolli ichimliklarni esa soat 23:00 dan 8:00 gacha sotish taqiqlandi.

2020 yilda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga spirtli ichimliklar sotish taqiqlandi (ilgari cheklovlar faqat 18 yoshga to‘lmaganlarga nisbatan qo‘llangan edi).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Atirau viloyati 7 ta tumanidagi 54 ta qishloq aholisi spirtli ichimliklardan voz kechgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston IIV spirtli ichimliklar Erjan Sadenov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing