Venesuelaga hujumga buyruq Oq uydan berilgani aytilmoqda

Olam

image

Tramp ma’muriyati bugun, 3 yanvar kuni Venesuela poytaxtida sodir bo‘lgan portlashlardan xabardor. Bu haqda Oq uyda akkreditatsiyadan o‘tgan “CBS News” muxbiri Jennifer Jacobs o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

“Manbalarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati rasmiylari bugun ertalab Venesuela poytaxti Karakas ustidan portlashlar va samolyotlarning parvozlari haqidagi xabarlardan xabardor”, deb yozgan u X (sobiq Twitter)da. 

Shuningdek, jurnalist AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesueladagi nishonlarga, jumladan, harbiy inshootlarga zarba berishni buyurganini ma’lum qildi. 

Uning yozishicha, bu harakat Tramp ma’muriyatining Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroga qarshi kampaniyasining keskin kuchayishini anglatadi.

“The Wall Street Journal”ga ko‘ra, Venesuela poytaxtidagi ikkita muhim ayeroportda portlashlar sodir bo‘lgan, bu AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatga zarbalar berishni buyurgani haqidagi xabarlar tarqalgani bilan bir vaqtda ro‘y bergan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolavhalarda Karakas markazidan 24 kilometrdan kamroq masofada joylashgan Simon Bolivar xalqaro aeroportida kuchli portlashlar kuzatilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt sharqidagi harbiy va xususiy reyslarga xizmat ko‘rsatadigan kichikroq ob’ekt bo‘lgan La Carlota aeroporti ham zarbaga uchragan. Voqea joyidan olingan kadrlarda undan tutun ko‘tarilayotgani ko‘rsatilgan. 

“The New York Times”ning yozishicha, Oq uy esa Venesuela poytaxtidagi portlashlar haqida izoh berishdan bosh tortgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Venesuelaga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing