Vinisius Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Sport
−
23 yanvar 706 1 daqiqa
“Real Madrid” qanot hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda UEFA rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Joriy yilning 20 yanvar kuni “Real Madrid” Chempionlar ligasi guruh bosqichining yettinchi turi doirasida o‘z maydonida “Monako”ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Vinisius bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi “Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes, “Sporting” hujumchisi Luis Suares hamda “Atletik Bilbao” futbolchisi Robert Navarroni ortda qoldirib, 7-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Vinisius Junior 2018 yil yozidan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib kelmoqda. “Qirollik klubi” bilan u 3 marta La Liga va 2 marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan. Joriy mavsumda esa Vinisius barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol muallifi bo‘ldi.
Live
Barchasi