Warner Bros Garri Potterga taqlid qilgan futbolchini sudga berdi

Sport

image

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi futbolchi Kerem Aktyurkogluni AQSHning Warner Bros media shirkati sudga berdi. Bu haqda “A Haber” nashri xabar berdi.

Warner Bros’ning da’vosiga ko‘ra, futbolchi ijtimoiy tarmoqlarida “Garri Potter” franshizasidagi vizual va audio elementlardan ruxsatsiz foydalangan. Shikoyat Istanbul fuqarolik sudiga intellektual va sanoat mulk huquqlari doirasida topshirilgan. 

Kompaniya arizasida “Garri Potter”, “Xogvarts” va “Griffindor” kabi savdo belgilarining Turkiya Patent va savdo belgilari idorasida rasmiy ro‘yxatga olingani ta’kidlandi. Warner Bros’ning fikricha, bu belgilar faqat kitoblar va filmlarga tegishli bo‘lib qolmay, balki jahon miqyosida tan olingan tijorat brendi hisoblanadi. Shikoyatda futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi kontenti va tovar belgilaridan ruxsatsiz foydalanganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

27 yoshli forvard muxlislar tomonidan “Garri Potter” laqabini olgan bo‘lib, gollarni nishonlashda xayoliy tayoqcha bilan sehr qiladigan Garri Potterga taqlid qilishi bilan mashhur. 

Kerem Aktyurkoglu joriy yilning 24 oktyabr kuni UEFA Yevropa ligasi doirasida Germaniyaning “Shtutgart” klubiga qarshi o‘yinda Garri Potterga taqlid qilish bilan gol nishonlashni amalga oshirgan edi. Keyinchalik futbolchi ushbu harakatlarini o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga joylagan.

Ma’lumot uchun, Aktyurkoglu joriy mavsumda Portugaliyaning “Benfika” jamoasidan “Fenerbahche”ga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchi 2020-2024 yillarda “Galatasaroy”da 4 yil davomida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Fenerbahche” Warner Bros Kerem Aktyurkoglu “Garri Potter”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing