WhatsApp Durovning keskin tanqidiga javob qaytardi

Texnologiya

image

Avvalroq, Telegram egasi Pavel Durov WhatsApp’ni keskin tanqid qilgan edi. Uning tanqididan so‘ng WhatsApp vakillari X’da to‘liq shifrlash (end-to-end encryption) bo‘yicha bayonot berdi.

Pavel Durov WhatsApp’dagi shifrlash tizimi milliardlab foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi “tarixdagi eng katta iste’molchilarni aldash holati” bo‘lishi mumkinligini yozgandi.

“O‘z bayonotlariga qaramay, ilova foydalanuvchilarning xabarlarini o‘qiydi va ularni uchinchi shaxslarga topshiradi. Telegram hech qachon bunday qilmagan va qilmaydi ham”, degandi milliarder.

WhatsApp messenjeri X’da Durovning posti ostida javob qaytarib, shaxsiy xabarlar va qo‘ng‘iroqlar uchun sukut bo‘yicha (avtomatik tarzda) to‘liq shifrlash qo‘llanilishini ma’lum qildi.

“Bu Telegram haqida ko‘p narsani anglatadi – siz hatto ikkalasini ham qilishga urinib ko‘rmaysiz, chunki bu murakkab jarayon. WhatsApp sukut bo‘yicha shaxsiy va guruhli xabarlar uchun to‘liq shifrlashni ta’minlaydi, biz ko‘plab qurilmalarni, ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, bizda to‘liq shifrlangan zaxira nusxalari (backup) ham mavjud”, deydi WhatsApp vakillari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq X kompaniyasi iOS uchun alohida XCHat ilovasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani, reliz joriy yil 17 aprelga belgilangani haqida xabar qilingan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Pavel Durov WhatsApp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing