WhatsApp va Telegram’ga “vizov”: Maskning yangi messenjeri ishga tushadi
Texnologiya
−
12:09 714 2 daqiqa
X kompaniyasi iOS uchun alohida XCHat ilovasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – reliz joriy yil 17 aprelga belgilangan. Bu haqda IXBT xabar berdi.
Qayl etilishicha, yangi messenjer platforma ekotizimining bir qismiga aylanadi va xavfsizlik hamda qulay muloqotga yo‘naltirilgan funksiyalar to‘plamini taklif etadi. Asosiy imkoniyatlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Yozishmalarni to‘liq shifrlash (end-to-end encryption);
- Skrinshotlardan himoya;
- Xabarlarni barcha ishtirokchilar uchun tahrirlash va o‘chirish.
Foydalanuvchilar qurilmalar o‘rtasida ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin, jumladan, platforma turidan qat’i nazar, cheklovlarsiz guruhli qo‘ng‘iroqlar ham mavjud bo‘ladi.
Bundan tashqari, XCHat o‘chib ketuvchi xabarlar va yuzlab ishtirokchilardan iborat yirik guruhli chatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Alohida ta’kidlanishicha, ilovada reklama bo‘lmaydi, bu esa WhatsApp va Telegram kabi raqobatchilar fonida muhim ustunlikka aylanishi mumkin.
O‘tgan yilning yozidayoq Ilon Mask fayllar almashinuvi va qo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, XCHat nomi bilan tanilgan yangi xabar almashish tizimi ishga tushirilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.
XCHat audio va videoqo‘ng‘iroqlarni telefon raqamini ko‘rsatmasdan amalga oshirishni ta’minlaydi, bu esa uni WhatsApp va Telegram kabi raqobatchilardan ajratib turadi.
XCHat’ning ishga tushirilishi – X platformasini ijtimoiy tarmoqlar, messenjer va boshqa servislarni birlashtirgan universal ilovaga aylantirish strategiyasining bir qismi ekani aytilmoqda.
Live
Barchasi