Xon Saroy: 6 yillik natijalar
Biznes
−
18 noyabr 3223 2 daqiqa
2019 yilda Xon Saroy Toshkent shahrida ko‘p qavatli turarjoy binolarini loyihalash va qurish bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda kompaniya respublika bo‘ylab 14 ta loyihani qurib bitkazgan, 2200 nafar hamyurtlarimizni ish joyi bilan ta’minlab kelmoqda.
.jpg)
Olti yil davomida Xon Saroy qurilish sohasida sezilarli natijalarga erishdi: Toshkent va Navoiy shaharlarida 14 ta loyiha yakunlangan, 12 000 ga yaqin oila yangi uy bilan ta’minlangan.
(1).jpg)
Foydalanishga topshirilgan turarjoy majmualari:
Toshkent shahrida:
- Xon Saroy – 2022 yil;
- Ayvon – 2022 yil;
- Pandora – 2022 yil;
- Mega Tower – 2022 yil;
- Diplomat – 2023 yil;
- Sayram – 2023 yil;
- Parlament – 2024 yil;
- Salom Qo‘yliq – 2024 yil;
- Ocean – 2024 yil;
- Orzular – 2025 yil.
Navoiy shahrida:
- Navoiy City 1;
- Navoiy City 2;
- Sulton Saroy;
- Sherxon House.
.jpg)
Bugungi kunda kompaniya Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Yashnobod va Bektemir tumanlarida joylashgan 610 ming kv.m maydonni o‘z ichiga olgan 10 ta loyiha ustida ish olib bormoqda. Zo‘rsan, Vatan, Vodiy, Afsona, Shirin Hayot, Muhabbat Shahri, Ramazon, Fazo kabi loyihalarida qurilish ishlari jadal davom etmoqda.
Har bir loyihani amalga oshirishda kompaniya aholiga qulay, xavfsiz va funksional yashash muhitini yaratishga intiladi. Xon Saroy’ning eng muhim 7 qadriyati:
- Yangi chaqiriqlarga tayyorlik;
- Xaridor qulayligi – ustuvor;
- Jamoaviy yondashuv;
- Aniq natijaga yo‘naltirilganlik;
- Mas’uliyat – har bir ishning asosi;
- Har bir bosqichda samaradorlik;
- Halol yondashuv.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrida 8 ta va Navoiyda 1 ta savdo ofislari faoliyat yuritib kelmoqda. Barcha bo‘limlar har kuni 09:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Xaridorlar o‘zlariga qulay manzilda joylashgan ofisga kelib, istalgan loyiha haqida to‘liq ma’lumot olishlari mumkin.
Tijorat loyihalaridan tashqari kompaniya media yo‘nalishda ham faoliyat olib boradi. 2025 yilda xonanda Shohruxxon va rejissyor Sunnat Namozov bilan hamkorlikda suratga olingan “Musiqa bu sevgi” filmi premerasi bo‘lib o‘tdi.
(1).jpg)
Shuningdek, Xon Saroy mamlakatda sport rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shib kelyapti. Bodibilding va taekvondo sport turlarida yosh hamda malakali sportchilarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Xon Saroy qulay yashash muhitini yaratish, sifatli xizmat va mahsulotlar taklif etish hamda xaridorlar uchun qulay narx va shartlarni saqlab qolish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda. Kompaniya kelajakda bundanda katta maqsadlarni ko‘zlaganini ma’lum qildi.
Batafsil ma’lumot uchun: 71 200 74 00
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi