Xon Saroy navbatdagi loyihasida xonadon kalitlarini topshirmoqda

Biznes

image

Xon Saroy qurilish kompaniyasi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi, 9 manzilida joylashgan Zo‘rsan turar joy majmuasida xonadon egalariga kalitlarni topshirish jarayonini boshladi.

Zo‘rsan turar joy majmuasi zamonaviy hayot talablari asosida barpo etilgan bo‘lib, unda qulaylik, xavfsizlik va sifatli infratuzilma uyg‘unlashgan. Loyiha 16 qavatli 14 ta turar joy blokidan iborat bo‘lib, majmuada jami 1600 ta xonadon mavjud. Mazkur loyiha aholiga shinam, tartibli va zamonaviy yashash muhitini taqdim etishga qaratilgan.

Kalit topshirish marosimi bayramona va iliq muhitda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida mehmonlar va xonadon egalari uchun ko‘ngilochar dastur, bolalar uchun maxsus o‘yin va mashg‘ulotlar, shuningdek, turli noz-ne’matlardan iborat dasturxon tashkil etildi. Xon Saroy vakillari tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqot qilib, ko‘chib kirish jarayoni, majmua sharoitlari hamda kelgusida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq savollarga javob berishdi.

Tadbirning eng quvonchli jihatlaridan biri – xonadon egalari majmua belgilangan muddatda topshirilganini alohida e’tirof etishdi. Ular Xon Saroy kompaniyasi o‘z va’dasida turgani va kalitlarni o‘z vaqtida taqdim etganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ko‘plab oilalar uchun bu kun – yangi uyda yangi hayot boshlanishining muhim va unutilmas lahzasiga aylandi. Xon Saroy kompaniyasi 2019 yildan buyon Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu davr mobaynida kompaniya tomonidan 609 000 kvadrat metr turar joy va tijorat ko‘chmas mulki qurib topshirildi hamda 5 000 dan ortiq xonadon foydalanishga topshirildi. Bugungi kunga qadar 12 000 dan ziyod oila Xon Saroy kompaniyasiga ishonch bildirgan. Hozirgi vaqtda kompaniyada 24 ta loyiha mavjud bo‘lib, ularning 14 tasi allaqachon foydalanishga topshirilgan. Yana 10 ta loyiha faol qurilish bosqichida davom etmoqda.

Xon Saroy nafaqat qurilish sohasida, balki ta’lim, media, moliyaviy texnologiyalar va sport yo‘nalishlarida ham ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Xon Saroy Akademiya, Xon Saroy Media, Xon Saroy Payments va Xon Saroy Fitness kabi loyihalar kompaniyaning turli sohalarda innovatsion yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvini namoyon etadi.

Zo‘rsan turar joy majmuasida kalitlarning topshirilishi kompaniya uchun ham, yangi xonadon egalari uchun ham muhim bosqich bo‘ldi. Endilikda yuzlab oilalar zamonaviy, qulay va xavfsiz muhitda yangi hayot sahifasini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Bugungi kunda Zo‘rsan majmuasidagi xonadonlarning 90 foizi sotilgan. Shunga qaramay, Toshkent aholisi uchun hali ham qulay narxlarda shinam xonadon xarid qilish imkoniyati mavjud.

Batafsil ma’lumot va bepul maslahat olish uchun Xon Saroy kompaniyasining ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin: 71 200 74 00.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Xon Saroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing