Yamal chempionlik paradida Falastin bayrog‘i bilan ishtirok etdi (video)

Sport

image

Kecha, 11 may kuni “Barselona” jamoasi mamlakat chempionligini nishonlash maqsadida chempionlik paradini tashkil qildi. Unda jamoaning yetakchisi Lamin Yamal Falastin bayrog‘ini ko‘targan holda ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda 18 yoshli futbolchi avtobusda Falastin bayrog‘ini hilpiratayotgani aks etdi. Parad davomida minglab muxlislar “Barcyelona” futbolchilarini qarshi olish uchun Barselona ko‘chalariga chiqqan.

“Barselona” joriy yilning 10 may kuni azaliy raqobatchisi “Real Madrid”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi 29-La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu La Liga taqdiri “El-Klasiko” natijasiga ko‘ra, chempionlik hal bo‘lgan ikkinchi holat bo‘ldi. Birinchisi 1932-1933 yilgi mavsumda kuzatilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil oktyabr oyida G‘azodagi urush boshlanganidan buyon Barselona shahri Ispaniyada Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarning asosiy markazlaridan biriga aylangan. Shaharda muntazam ravishda yirik aksiyalar o‘tkazilib, G‘azo blokadasini buzishga uringan yordam flotiliyalari ham aynan shu yerdan yo‘lga chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin “Barselona” Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing