“Barselona” futbolchisi mundialni o‘tkazib yuboradi
Sport
−
18 may 1853 1 daqiqa
“Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes 2026 yilgi Jahon chempionati o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ispaniya terma jamoasi a’zosi Lopes La Liganing 37-turidan o‘rin olgan “Real Betis”ga qarshi bahsda (3:1) jarohat olgan va birinchi bo‘limdan keyin almashtirilgan.
Klub bayonotiga ko‘ra, Lopes kuchli zarbadan keyin o‘ng oyog‘idagi beshinchi metatarzal suyagini sindirib olgan va futbolchi operatsiya qilinadi.
Luis de la Fuente yaqin bir hafta ichida mundial uchun Ispaniya terma jamoasining tarkibini e’lon qilishi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ro‘yxatdan to‘qqiz nafargacha “Barselona” futbolchisi o‘rin olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini joriy yilning 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, jamoa guruh bosqichida Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan ham bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” himoyachisi Matteys de Ligt belidan operatsiya qilingani va 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.

Live
Barchasi