Yana bir jahon chempioni O‘FA taklifini rad etdi – OAV
Sport
−
27 Sentabr 12326 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati 2006 yilgi Jahon chempioni va “Oltin to‘p” sohibi Fabio Kannavaro bilan muzokara o‘tkazish uchun Italiyaga borgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, italiyalik mutaxassis O‘FA taklifini rad etgan. Bu haqda Kannavaroga yaqin manbalarga tayanib, “Sport-express” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 52 yoshli mutaxassis O‘zbekiston milly terma jamoasiga murabbiylik qilishdan bosh tortgan. Murabbiyga yaqin manba esa buni tasdiqlagan. Manbaga ko‘ra, Kannavaro Italiya A seriyasidagi amaldagi murabbiylardan biri ishdan bo‘shatilsa, ushbu chempionat klublaridan biriga ishga kirishga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin Sharq va Xitoy klublarini boshqargan. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022 yildan 2023 yilgacha Italiyaning “Benevento” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2024 yilning aprelida u “Udineze” (Italiya) klubini qabul qilib olgan va bir muddat ishlagan. Shundan so‘ng, Kannavaro Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda esa ishsiz.
Qayd etish joiz, O‘FA rahbariyati anchadan beri milliy terma jamoaga bosh murabbiy qidirmoqda. Kannavarodan oldinroq Paulu Bentu, Fotih Terim va Yoaxim Lyov nomlari ham ko‘rib chiqilgan. Biroq Yoaxim Lyov va Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish taklifini rad etgan.
Hozirgi kunda MTJni boshqarayotgan Timur Kapadze ham CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi oldidan matbuot anjumanida O‘FA Jahon chempionatini ko‘rgan, tajribali mutaxassis jamoada ish boshlashini xohlayotganini tasdiqlagandi.
Live
Barchasi