Yana soat muhokamasi: Timur Ishmetov 27 ming yevrolik Patek Philippe taqdimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov 27 ming yevrolik soat taqqani muhokama qilinmoqda. Tarmoq foydalanuvchilari e’tiboriga sabab bo‘layotgan aksessuarni Temur Eshmetov 2021 yilda Moliya vaziri bo‘lgan paytda biznes jurnalisti Rayan Chilkotga bergan intervyusida ko‘rish mumkin. QALAMPIR.UZ ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida regulyator matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Bildirilishicha, Timur Ishmetov taqqan soat muhokama qilinganidek 27 710 yevrolik Patek Philippe Calatrava emas, balki Tissot. Uning 2021 yildagi narxi taxminan 300-350 dollar atrofida bo‘lgan, 2026 yilda taxminan 440 dollar atrofida sotilmoqda.

“Tarqalgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deydi regulyator matbuot xizmati.

Shuningdek, tarmoq foydalanuvchilari va ommaviy axborot vositalaridan noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasining rahbari Sherzod Qudbiyev Prezident selektori yig‘ilishida Breguet brendiga tegishli, bahosi taxminan 50 ming dollar turadigan soat taqib borgani va uning bu harakati tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Keyinroq Sherzod Qudbiyev muhokamalar yuzasidan munosabat bildirib, u juda qadrli soat ekanini, ko‘p narsani eslatishini, lekin qanday bo‘lishidan qat’iy nazar davlat xizmatchisi kamtar bo‘lishi kerakligini aytib chiqdi.

Shuningdek, bungacha Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Andijonda bo‘lib o‘tgan “Vazir va yoshlar uchrashuvi”ga qimmatbaho poyabzalda borgani e’tiborga tushgan edi. Xususan, vazir Ozodbek Nazarbekov mazkur uchrashuvga Hermes brendiga tegishli, Yevropa va AQSHda 1200 dollardan qimmat turadigan oyoq kiyimda borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Temur Eshmetov Tissot Patek Philippe Calatrava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing