Yangi Toshkent aeroporti quriladigan joyda boshqa loyihalar taqiqlanadi
Jamiyat
−
05 noyabr 5274 1 daqiqa
Yangi Toshkent aeroport uchun mo‘ljallangan hududdagi mavjud mulklar qiymati asossiz oshishining oldini olish maqsadida yangi foydalanuvchilarga taqsimlash, rasmiylashtirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini olib borish cheklanadi. Bu haqda Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qurilish taqiqlanishi bilan bir qatorda, hudud to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, turar va noturar joy binolari hamda qishloq xo‘jaligi ekinzorlari egalariga yetkaziladigan zararni qoplash uchun kompensatsiya miqdori aniqlanadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu aeroport Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida 1 300 gektar maydonda qurilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari tutash hududida Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi sababli hududdagi aholi ko‘chirilishi va ushbu aholining xonadonlari va fermer xo‘jaliklari hududidagi bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab berilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi