Yangi Toshkent aeroporti hududidagi aholi ko‘chiriladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari tutash hududida Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi sababli hududdagi aholi ko‘chiriladi va ushbu aholining xonadonlari va fermer xo‘jaliklari hududidagi bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab beriladi. Bu haqda O‘rta Chirchiq tumani hokimi aholi bilan muloqotda aytib o‘tdi. 

Ma’lum qilinishicha, aeroport uchun tumanning Xalqobod va Yangiyo‘l mahallalaridan yer ajratilgan. 

Tumani hokimi Ixtiyor Qosimov esa Xalqobod mahallasi aholisi hamda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazgan va ularga tushuntirish bergan. 

“Unda aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensatsiya to‘lab berilishi, uning tartiblari haqida atroflicha tushuntirish hamda aholi va fermerlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishgandi hamda mazkur ulkan majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'rta Chirchiq Quyi Chirchiq Yangi Toshkent aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing