Yangi Toshkentda boylar shaharchasi qurilyaptimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangi Toshkentda 2030 yilga borib topshirilishi kutilayotgan mega loyihada odatiy kvartira va kottejlardan tortib har bir dona villasi 2-3 million dollar bo‘ladigan boylar shaharchasi ham barpo etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Yangi Toshkent loyihasida hech qanday boylar shaharchasi ko‘zda tutilmagan. Shahar qurilishining birinchi bosqich maketida mavjud kottejlar kelgusida xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari hamda xalqaro tashkilot vakillarining turar joyi bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda birinchi bosqichda 6 ming gektar hududda qurilish ishlari olib borilmoqda. 2033 yilgacha 600 ming aholi uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishi belgilangan. Loyiha to‘liq yakunlanganda esa Yangi Toshkent 2 million odam yashaydigan megapolisga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkentda qiymati 100 million dollarlik55 ming o‘rinli futbol stadioni qurilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Toshkent boylar shaharchasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing