Yangi yilda narxlarning sun’iy ko‘tarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Jamiyat

image

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlarini Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi. 

Qo‘mita tomonidan Yangi yil bayrami arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlariga (“Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit”) yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida tezkor xabardor qilib borish hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborilgan. 

Qolaversa, Raqobat qo‘mitasi oldinroq tadbirkorlarni yangi yil arafasida chegirmalar va aksiyalar o‘tkazish qoidalariga rioya qilishlari zarurligi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil Raqobat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing