Yangi Zelandiyadagi eng tiniq ko‘l ifloslanish xavfi ostida

Olam

image

Yangi Zelandiyaning janubiy orolidagi “Nelson Lakes” milliy bog‘ida joylashgan dunyodagi eng tiniq ko‘l  “Rotomairewhenua” (Blue Lake) ifloslanish xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

Olimlar ko‘lning tiniqligini 70-80 metr kub deb baholagan. Ya’ni tiniqlik darajasi deyarli mutlaqo toza suv bilan teng. Ammo so‘nggi yillarda sayyohlar oqimi ko‘paygani sababli ko‘lning noyob ekotizimi jiddiy tahdid ostida qolmoqda. Mutaxassislar eng katta xavf sifatida “lindavia” deb ataluvchi begona mikroorganizmlarning tarqalishini ko‘rsatmoqda. Bu mikroorganizmlar suvda shilimshiq qatlam hosil qilib, ko‘lning tiniqligini butunlay buzib qo‘yishi mumkin.

“Lindavia” allaqachon “Rotomairewhenua” ko‘lida uchrayapti. U sayyohlarning oyoq kiyimi, uskunalari yoki suv tomchilaridan ko‘lga kirib kelishi mumkin.

Shu sababli Yangi Zelandiya tabiatni muhofaza qilish xizmati hamda “Ngāti Apa” mahalliy qabilasi bilan birgalikda bioxavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Ko‘lga olib boradigan yo‘llarga maxsus tozalash stansiyalari o‘rnatilgan, yoz mavsumida esa ko‘l bo‘yida nazoratchi navbatchilik qiladi.

Mutasaddilar sayyohlardan bir nechta qat’iy qoidalarga amal qilishni so‘ramoqda:

  • suvga tegmaslik, cho‘milmaslik;
  • nam kiyim yoki asbob-uskunalarni suvga botirmaslik;
  • boshqa joylardan kelgach, oyoq kiyim va jihozlarni tozalash;
  • dron, GoPro kabi qurilmalarni suv ostiga tushirmaslik.

Buning sababi “Rotomairewhenua” ko‘li bioxavfsizlik va mahalliy qabilalar uchun muqaddas joy bo‘lib, qadimda bu yerda marhumlarning suyaklarini poklash marosimi o‘tkazilgan.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, hatto bir tomchi suvdagi “lindavia”ning mikroskopik zarrasi ham ko‘l ekotizimini abadiy o‘zgartirishi mumkin.

Olimlar va ekologlar ko‘lning olis hududda joylashgani uni himoya qilishda yordam beradi, deya umid qilmoqda. Ammo ular sayyohlarni mas’uliyatli bo‘lishga chaqiradi.

“Bu yerning noyob go‘zalligini saqlab qolish – har bir tashrif buyuruvchining vazifasi”, deydi mutasaddilar.

Nigora Maxammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yangi Zelandiya ko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing