Yangilangan WBA reytingiga 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi kiritildi
Sport
−
05 fevral 7163 1 daqiqa
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning reytingini yangiladi va reytingga 6 nafar O‘zbekiston vakili kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschilarda katta o‘zgarishlar qayd etilmagan. Faqatgina Hasanboy Do‘smatov bir pog‘onaga pastlagan.
Reyting:
- Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 2-o‘rin (o‘tgan oy 1-o‘rinda edi;)
- Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarimengil vazn) - vaqtinchalik chempion;
- Otabek Xolmatov (yarimengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;
- Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;
- Isroil Madrimov (super yarimo‘rta vazn) - 4-o‘rin (o‘tgan oyda ham 4-o‘rinda edi);
- Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 3-o‘rin (o‘tgan oy ham 3-o‘rinda edi).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murodjon Ahmadaliyevning raqibi yaponiyalik Naoya Inoue bo‘lajak jangini qachon o‘tkazishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi