Yangiyo‘lda 1 kg “gashish”ni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
11 mart 1273 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 1 kilogarammdan ortiq “gashish” va 1883 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan fuqaro xaridorga 1 kg 12 gr “gashish” giyohvandlik moddasini 13 ming AQSH dollariga sotishni kelishib olgan. Keyin esa Yangiyo‘l tumanidagi mehmonxonada kelishilgan mablag‘dan 1000 AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olinib, fuqarodan 1 kgdan ziyod “gashish” narkotik moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Yana bir holatda Ohangaron shahrida Spark rusumli avtomashina belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Uning yukxonasidagi ovoz kuchaytirgich ichidan 841 dona “Zardeks” va 1042 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu moddalar avtomashinada yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan 3 nafar fuqaroga tegishli ekani aniqlangan. Ular bu dorilarni Ohangaron shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 14 kilodan ortiq “opiy”ni 180 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi