Yaponiya ko‘magida O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasi quriladi

Jamiyat

image

Bugun, 20 dekabr kuni “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama biznes forumida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. 

Tadbirda Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashgan. 

Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaga Yaponiya investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. 

Qo‘shma iqtisodiy loyihalar taqdimot qilingan. “Sumitomo”, “Chubu Electric Power”, “Shikoku Electric Power” kompaniyalari tomonidan JBIC va NEXI ko‘magida O‘zbekistonda ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish, “Toyota Susho” ishtirokida AT infratuzilmasini modernizatsiya qilish, “Sojitz” kompaniyasi tomonidan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, “JOGMEC” ishtirokida yangi o‘ta muhim mineral konlarini o‘zlashtirish kabi O‘zbekiston – Yaponiya investitsiya tashabbuslari shular jumlasidan.

Yetakchilar huzurida tegishli loyihalar bo‘yicha hujjatlar almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda o‘tgan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammiti doirasida Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasida o‘tkaziladigan davlat rahbarlari darajasidagi keyingi sammitni O‘zbekiston qabul qilishga tayyorligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev biznes forumi Markaziy Osiyo + Yaponiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing