Yaponiyada poligondagi tank portlab ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 21 aprel kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi mudofaa kuchlari poligonida tank snaryadining portlashi oqibatida 3 nafar harbiy halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi. Bu haqda “Kyodo news” xabar qildi.

Qayd etilishicha, hodisa Oita prefekturasidagi Xijuday poligonida tank mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, tank snaryad otilishidan oldin portlab ketgan. Halok bo‘lganlarning ikkisi 30 yosh atrofida, yana biri esa 40 yosh atrofida bo‘lgan. Ular harbiy tank komandiri, to‘pchi, xavfsizlik bo‘yicha mas’ul va haydovchi vazifalarini bajargan.

Yaponiya Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi Tokiodagi parlament binosida jurnalistlarga bergan bayonotida hodisaning tafsilotlari va sababini aniqlashga harakat qilinayotganini bildirgan.

“Bu juda achinarli holat. Biz xavfsizlik choralarini yanada kuchaytiramiz”, deydi Koidzumi.

Mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlangan harbiy hushini yo‘qotmagan, biroq yuz qismida kuyish jarohatlari bor.

Eslatib o‘tamiz, avvvalroq Fransiyaning Parij shahri shimolidagi Kolomb hududida Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topilgani sababli minglab aholi evakuatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya poligon portlab ketdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing