Yaponiyada to‘rt imperatorni ko‘rgan eng keksa erkak vafot etdi
Olam
−
10 fevral 811 1 daqiqa
Yaponiyaning eng keksa erkagi Mizuno Kiyotaka 111 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakatning NHK davlat telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1914 yil 14 martda tug‘ilgan Mizuno Tokio yaqinidagi Sizuoka prefekturasining Ivata shahrida yosh bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra hayotdan ko‘z yumgan.
“Ivata shahri Mizunoning vafotidan chuqur qayg‘uda. U uzoq umr va sog‘lom hayot timsoli sifatida qabul qilinar edi”, deya Ivata shahar hokimi Kusachi Xiroaki bayonot bergan.
Mizuno Kiyotaka Yaponiya zamonaviy tarixida to‘rt imperator – Taysyo, Shova, Heysey va Reyva davrida yashagan. Umrining so‘nggi yillarini u o‘g‘li bilan birga Kakeshita hududidagi uyida o‘tkazgan.
Shahar hokimiyati ma’lumotiga ko‘ra, qariyb 50 yil davomida qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan Mizuno yurishdan tashqari deyarli hech qanday yordamga muhtoj bo‘lmagan va kuniga uch mahal ovqatlangan. U 2024 yil avgust oyida “Yaponiyaning eng keksa erkagi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
“Bilmayman. Bunday uzoq yashayman, deb hech qachon o‘ylamaganman”, degan uzoq umr ko‘rish siri haqida berilgan savollarga Mizuno Kiyotaka.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 110 yoshga kirib farzandli bo‘lgan saudiyalik erkak 142 yoshida vafot etgan edi.
Live
Barchasi