“San-Siro”dagi “otishma”da “Inter” “finalga chiqdi
Sport
−
07 may 5628 1 daqiqa
Yevropa Chempionlar ligasi birinchi yarimfinal javob o‘yini doirasida “Inter” o‘z uyida “Barselona”ga qarshi 120 daqiqa o‘ynab, finalga yo‘llanma oldi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Martines mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi - 1:0. 45+1 daqiqada Chalxano‘g‘lu belgilangan penattini golga aylantirdi - 2:0. Ikkinchi taym boshida Erik Garsiya hisobni qisqartirdi. Kambek hidini sezgan kataloniyaliklar 60-daqiqada Dani Olmoning golidan keyin hisobni tenglashtirdi - 2:2. 87-daqiqada Rafinya “Barselona”ni hisobda oldinga olib chiqdi - 3:2. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Acherbi mezbonlarning uchinchi golini kiritdi - 3:3. Uchrashuvning asosiy vaqti birinchi o‘yin kabi 3:3 hisobida yakunlandi.
Ekstra-taymlarning birinchisi boshlanishi bilan “Inter” oldinga o‘tdi. 98-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Fratezzi gol urib, tarozi pallasini jamoasi tomonga og‘dirdi - 4:3.
Shu tariqa, Italiya klubi g‘alabani saqlab qolib, dastlabki finalchiga aylandi. Ikkinchi yo‘llanma uchun bahs 7 may oqshomida Parijda PSJ va “Arsenal” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.